DXX RАISI KUBOGI VILOYАT BOSQICНIGА STАRT BERILDI

×

 2022-06-17 13:32:58    380

PDF yuklash
Chop etish


Maʼlumki, mamlakatimiz boʼylab “Mahallalarda yoshlar bilan yangicha ishlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-92-sonli qarori, Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʼyicha Respublika komissiyasining 2022 yil 18 martdagi topshirigʼi ijrosini taʼminlash, jumladan mahallalarda yoshlarni madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari va kitob oʼqishga boʼlgan qiziqishini har tomonlama qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan besh tashabbusni joylarda keng targʼib etish, ularni maʼnaviy va jismoniy barkamol qilib turbiyalashga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy, ommaviy sport tadbirlarini oʼtkazish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish rejalashtirilgan.Xususan, futbol boʼyicha “Davlat xafsizlik xizmati raisi kubogi” musobaqasi oʼtkazilmoqda. Bugun ushbu musobaqaning viloyat bosqichiga start berildi. Viloyat bosqichi ikki mintaqada boʼlib oʼtmoqda. Ikkinchi mintaqa oʼyinlariga Rishton va Uchkoʼprik tumanlari mezbonlik qilmoqda. Bugun boʼlib oʼtgan dastlabki tur bahsida - Bagʼdod tumani va Furqat tumani jamoalari maydonga tushishdi. Murosasiz oʼtgan bellashuvda jangovar durang - 3:3 hisobi qayd etildi. Kunning ikkinchi bahsida - «Boʼston» (Rishton) - «Hazrat Аli» (Soʼx) mahallasi jamoalari maydonga tushishdi. Shiddatli oʼtgan uchrashuvda rishtonlik yoshlar 2:1 hisobida gʼalaba qozonishdi.Oʼyinlar shanba kuni davom etadi. 

Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 111 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab