ТUMАN HOKIMLIGIDА...
2022-06-16 17:05:02 389
Joriy yilning 16 iyun kuni Rishton tumani hokimligi katta majlislar zalida Fargʼona viloyati hokimi oʼrinbosari J. Hatamov boshchiligida viloyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʼlomlashtirish, noqonuniy diniy taʼlim va xoʼjra tashkil etish holatlarini oldini olish boʼyicha faollar yigʼilishi oʼtkazildi.Yigʼilishda tuman hokimi, tuman hokimi oʼrinbosarlari, noqonuniy diniy taʼlim berish, xoʼjra holatlari aniqlangan sektor rahbarlari, rasmiy imom-xatiblar, rasmiy otin-oyilar, mahalla mullalari va norasmiy otin-oyilar, tumandagi 71 ta MFY raislari, MFYdagi xotin-qizlar faollari, targʼibot guruhi rahbarlari ishtirok etishdi. J. Hatamov tomonidan yigʼilish ishtirokchilariga Islom dinining asl mohiyati toʼgʼrisida tushunchalar berib, Oʼzbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʼgʼrisida”gi qonuni talablari boʼyicha diniy tashkilot sifatida ruyxatdan oʼtmasdan faoliyat koʼrsatish, shuningdek, diniy taʼlim muassasalaridan tashqarida xususiy tartibda diniy taʼlim berish faoliyati bilan shugʼullanish qonunga xilof ekanligi, Oʼzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik tuoʼgʼrisida”gi Kodeksning 240-moddasiga asosan “Nolegal diniy faoliyat bilan shugʼullanish, dindorlar va diniy tashkilotlar aʼzolari tomonidan bolalar va oʼsmirlarning maxsus yigʼilishlari, shuningdek diniy marosimga aloqasi boʼlmagan mehnat, adabiyot va boshqa xildagi toʼgaraklar hamda guruhlarni tashkil etish va oʼtkazish” diniy tashkilotlar toʼgʼrisidagi qonunchilikni buzish ekanligi, shu kodeksning 241-moddasiga asosan “Maxsus diniy maʼlumoti boʼlmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy taʼlimotdan saboq berish, xuddi shuningdek xususiy tartibda diniy taʼlimotdan saboq berish” diniy taʼlimotdan saboq berish tartibini boʼzish ekanligi, ushbu holatlar sodir etilgan taqdirda maʼmuriy javobgarlikka sabab boʼlishi, kodeksning yuqoridagi moddasida koʼrsatib oʼtilgan harakatlar uchun maʼmuriy jazo qullanilgandan keyin sodir etiladigan boʼlsa, Oʼzbekiston Respublikasi “Jinoyat kodeksi”ning 2292-moddasiga asosan diniy taʼlimotdan saboq berish tartibini buzish ekanligi, ushbu holatlar sodir etilgan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab boʼlishi toʼgʼrisida tushuntirishlar berib ogohlantirdi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi