Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi boʼlib oʼtdi
2022-06-03 14:58:02 469
Bugun tuman hokimligida Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining oltinchi chaqiriq oʼttiz sakkizinchi sessiyasi boʼlib oʼtdi.Oʼtkazilgan sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining oʼrinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Sessiyada 8 ta masala koʼrib chiqildi1- masala Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev raisligida joriy yilning 5 may kuni oʼtakazilgan vidioselektor yigilishida bergan topshiriq ijrosi yuzasidan Rishton tuman tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmati soxasida olib borilgan oʼrganish natijasi va aniqlangan kamchiliklaarni bartaraf etish boʼyicha Dasturni tasdiqlash toʼgʼrisida tuman hokimi oʼrinbosari Z. Umarov axboroti 2-masala - Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʼallikni qisqartirish masalalari boʼyicha hokim yordamchilarini 2022 yil aprelь oyidagi faoliyati samaradorligi yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Rishton tuman Xalq qabulxonasi mudiri S.Dodoboevning axboroti 3-masala- Fuqarolik ishlari boʼyicha Rishton tumanlararo sudining 2022 yilning 3 oyi davomida tumanlararo sud tomonidan odil sudlovni amalga oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Fuqarolik ishlari boʼyicha Rishton tumanlararo sudining raisi Sh. Аxunbaev axboroti 4-masala- Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi“Oʼzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF 27-sonli Farmoni toʼgʼrisida tuman IIB boshligʼini oʼrinbosari X.Teshaboev axboroti5-masala- Tuman hokimligi zaxira fondidagi boʼsh turgan va zaxirada boʼlgan qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yer maydonlarida fermer xoʼjaligi tashkil yetish uchun ochiq yelectron tanlovga chiqarish boʼyicha tayyorlangan loyixalar toʼgʼrisida Kadastr Palatasi Rishton tuman filiali rahbari B. Dadajonov axboroti6-masala- Rishton tuman hududidagi shaharchalarni maʼmuriy-hududiy birliklari chegaralarini belgilash toʼgʼrisida Kadastr Palatasi Rishton tuman filiali rahbari B. Dadajonov axboroti7-masala- Kam taʼminlangan, ijtimoiy ahvoli ogʼir bulgan fuqarolarni “Temir daftar” roʼyxatiga kiritish va muammolari hal bulgan fuqarolarni roʼyxatdan chiqarish hamda “Saxovat va koʼmak” jamgʼarmasi mablagʼlarini tasarruf etish yuzasidan Rishton tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʼallikni qisqartirish masalalari boʼyicha birinchi oʼrinbosari Z. Mustafoqulov axboroti8-masala-2022-yil 1-choragida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʼnaltirilgan mablagʼlar hisoboti toʼgʼrisida tuman moliya boʼlimi mudiri I. Djoʼraev axborotiKun tartibidagi masalalar yuzasidan berilgan axborotlar boʼyicha tuman Kengashi deputatlari tomonidan berilgan savollarga tegishli masʼullar tomonidan javob berildi.Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari tomonidan muhokama qilinib taklif va mulohazalar oʼrtaga tashlandi. Shundan soʼng, tegishli qarorlar qabul qilindi.Bildirilgan axborotlar deputatlar tomonidan koʼrib chiqilib tegishli qaror loyihalari tayyorlandi.Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining navbatdagi 38-sessiyasi oʼz ishini yakunladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi