Hokim qabuli: Har bir murojaat – eʼtiborda!
2022-06-02 15:02:00 385
Bugun tuman xalq qabulxonasida tuman hokimi S. Soliev jismoniy va yuridik shaxslar uchun navbatdagi qabulini oʼtkazdi. Qabulda hokim fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, murojaatlarini birma-bir tingladi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda Xalq qabulxonasi mudiri S. Dodoboev, sektor rahbarlari va tumandagi mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida uy-joy, moddiy yordam, bandlik, tadbirkorlik va boshqa masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi. Muammolar boʼyicha tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar koʼrildi.Qabulda 30 nafar fuqarolar ishtirok etib, shulardan 10 nafarining masalasi ijobiy hal etildi. 10 ta masalaga huquqiy tushuntirish berilib, qolgan masalalar ijroga qaratildi.Taʼkidlangandek, har bir murojaat asoslicha oʼrganilib chiqiladi va qonuniy yoʼl bilan yechimini topadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi