Navbatdagi profilaktika kuni oʼtkazildi
2022-06-02 14:48:27 365
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan har haftaning payshanba kunlari respublika hududida “Profilaktika kuni” deb belgilandi. Mazkur topshiriqni bajarish yuzasidan Oʼzbekistonning barcha shahar va tumanlar qatori Rishton tumanida ham huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda. Bugun tuman IIBda oʼtkazilgan tadbirda tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirok etib, turli xil noxush holatlar, jinoyatlar, qoidabuzarliklarga qarshi kurash, ularning oldini olish borasida masʼuliyat bilan yondoshib barcha bir yoqqadan bosh chiqarib ishlash lozimligini taʼkidladi. Bugungi “Profilaktika kuni” tadbirida shuningdek tuman Ichki ishlar boʼlimida soha xodimlari, profilaktika inspektorlari, mahalla fuqarolar yigʼinlari raislari, yoshlar yetakchilari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishtirokidagi amalga oshirilishi lozim boʼlgan vazifalar muhokamasi ham boʼlib oʼtdi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi