Qabul davomida murojaatlarning ijobiy yechim topishiga alohida eʼtibor qaratildi
2022-05-26 15:16:01 354
Bugun Rishton tumani hokimi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun navbatdagi qabul oʼtkazildi. Xalq qabulxonasida boʼlib oʼtgan qabulda sektor rahbari va hokim oʼrinbosarlari ham ishtirok etishdi.Bugungi qabul davomida 40 nafarga yaqin fuqarolardan tushgan murojaatlar masʼul rahbarlar ishtirokida oʼrganildi. Yigirmaga yaqin murojaatlar ijobiy hal qilindi.Kelib tushgan murojaatlar boʼyicha belgilangan tartibda oʼrganib chiqish va natijasi boʼyicha mualliflarga maʼlum qilish uchun masalaga daxldor xodimlar, tashkilot va boʼlimlarga topshiriqlar berildi.Shuningdek, tuman hokimi murojaatlarning ijobiy hal etilish darajasini ham muhokama qildi. Belgilangan muddatda ijro etmagan, murojaatlarni ijobiy hal etilishiga befarq boʼlgan masʼullarga ogohlantirishlar berildi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi