Xalq qabulxonasi, Аdliya, hokim yordamchisi va deputatlar bilan hamkorlikda tibbiy koʼrik va sayyor qabul oʼtkazildi
2022-05-21 18:28:48 406
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2022 yil 15 yanvar kuni oʼtkazilgan 2-sonli yigʼilish bayonining 17-bandida mahallalarda ijtimoiy muhitni yaxshilash, jumladan, olis, ijtimoiy ahvoli ogʼir hamda koʼp millatli mahallalarda uch avlod uchrashuvlari, madaniy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish va aholini tibbiy koʼrikdan oʼtkazish choralarini koʼrish topshirigʼi berilgan.Ushbu topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Rishton tumanidagi Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan joriy yilning 18 fevralida tasdiqlangan reja-grafik asosida 20 may kuni T.Аxmedov MFY hududidagi Oilaviy shifokorlar punkitida Rishton tuman Xalq qabulxonasi mudiri, tuman Аdliya boʼlimi, DXM, FXDYo, Oʼzbekiston Liberal demokratik partiyasi Fargʼona viloyat Kengashi “Аyollar qanoti” faollari va tumandagi tashkilotlar bilan hamkorlikda sayyor qabul hamda Rishton tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassislari bilan birgalikda tibbiy koʼrik oʼtkazildi. Ushbu tibbiy koʼrikda qariyalar, nogironligi boʼlgan fuqarolar, homilador ayollar, "Temir daftar" va "Аyollar daftari"da roʼyxatda turadigan hamda boshqa fuqarolar tibbiy koʼrikdan oʼtkazildi. Tuman tibbiyot birlashmasining malakali shifokorlar ishtirokida fuqarolarni tibbiy koʼrikdan oʼtkazib, 135 nafar fuqarolar ishtirokida oʼtgan tibbiy koʼrik davomida 14 nafar ayollarda onkologik va gemotologik kasalliklarning dastlabki bosqichi aniqlanib, qayta koʼriklardan oʼtish va davolanish uchun yoʼllanmalar berildi. Tibbiy koʼrikka kela olmagan, nogironligi boʼlgan bemorlarni esa xonadonlariga borgan holda tibbiy koʼrikdan oʼtkazilishi taʼminlandi. Shuningdek, mutasaddilar aholi bilan bevosita suhbatlashib, ularning muammolarini joyida oʼrganishdi. Tuman Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan qilingan tadbirlar televideniyada namoyish qilish uchun tasvirga olinishi taʼminlandi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi