Jamiyatda korruptsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishning ustivor yoʼnalishlari
2022-05-20 11:38:48 574
Mamlakatimizda korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilgʼor xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish boʼyicha izchil choralar koʼrilmoqda. Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni taʼminlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yoʼlga qoʼyish orqali davlat boshqaruvida samarali va taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratildi.Bu borada Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyul kungi “Korruptsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʼlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-6257-sonli Farmoni imzolandi.Farmonga koʼra ilk bor korruptsiyaviy xavflarni aniqlash va tizimli tahlil qilish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilish uchun masʼul boʼlgan alohida organ — Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Davlat hokimiyati organlari va yirik xoʼjalik yurituvchi subʼektlarda korruptsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yoʼlga qoʼyilmoqda.Raqamli texnologiyalar imkoniyatidan keng foydalangan holda transport vositalariga davlat raqam belgilarini berish, notariat va boshqa davlat xizmatlarini koʼrsatish, yer uchastkalarini ajratish, yoʼl harakati qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish kabi koʼplab sohalarda korruptsiya va suiisteʼmolchiliklarning oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmlar joriy etilmoqda.Shu bilan birga, koʼrilayotgan tizimli choralarga qaramasdan, byudjet mablagʼlaridan foydalanish, davlat xaridlari, litsenziya va ruxsatnomalarni olish, bank kreditlarini ajratish, ishga qabul qilish kabi yoʼnalishlarda korruptsiya holatlari saqlanib qolmoqda.Korruptsiyaga qarshi kurashish va korruptsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish, ushbu jarayonga jamoatchilikni keng jalb etish shakllantirish maqsadida:Mamlakat rivojlanishining bugungi bosqichida korruptsiya Oʼzbekiston davlati va jamiyati taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligi qayd etilgan.Korruptsiya holatlarining har qanday koʼrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʼlish davlat organlari rahbar va xodimlarining eng ustuvor vazifasi etib belgilanganligi bejiz emas albatda.Keng jamoatchilikning fikri va takliflarini inobatga olib, davlat boshqaruvini korruptsiyadan xoli sohaga aylantirish maqsadida:a) Аgentlik tomonidan «Korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reestri» yuritilishi taʼminlandi;b) Reestrga kiritilgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanishi belgilangan:davlat xizmatiga kirish va davlat mukofotlari bilan taqdirlanishi;saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodlarining koʼrsatilishi;davlat aktivlarini xususiylashtirish bilan bogʼliq tender va tanlov savdolarida ishtirok etish;davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʼlgan tashkilotlar hamda davlat taʼlim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritish.Jinoyat kodeksida korruptsiyaga oid jinoyatlar toifasiga kiruvchi moddalarning aniq roʼyxatini belgilandi.Jumladan korruptsiyaga oid jinoyatlar uchun belgilangan jazo choralarini uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasigacha keskin kuchaytirish;daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalash jarayonida aniqlangan noqonuniy boylik orttirganlik uchun javobgarlik oʼrnatish;korruptsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoiy jazoni oʼtashda yengillashtiruvchi normalar qoʼllanilishiga cheklovlar belgilash kabi choralarni tashkil etadi.
Umidjon Ergashev,
Rishton tumanlararo iqtisodiy sudi raisi
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi