Zulayho Mahkamova Rishton tumanidagi tadbirkor ayollar bilan uchrashdi
2022-05-09 06:29:09 392
Oila va xotin-qizlar davlat qoʼmitasi rahbari Zulayho Mahkamova Rishton tumanida boʼlib bu yerda tadbirkor ayollar bilan suhbatlashdi. Xususan, Zulayho Mahkamova boshchiligidagi delegatsiya vakillari А.Navoiy MFY hududida joylashgan, sobiq keramika zavodining boʼsh turgan bino-inshootlari negizida tadbirkor Muhayyo Sattorova tomonidan tashkil etilgan chinni mahsulotlariga bezak berish sexida boʼlishib, bu yerdagi ishlar jarayonini koʼzdan kechirishdi. Bugungi kunda bu yerda 100 dan ortiq xotin-qizlar doimiy ish bilan taʼminlangan. Shuningdek, ishsiz mahalla ayollari ham kasanachilik asosida ishga jalb etib kelinmoqda.Rishton tumanidagi “MM Porcelain” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Muxayoxon Sattorova 8 mart xotin-qizlar bayrami arafasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga koʼra “Doʼstlik” ordeni bilan taqdirlandi.Hunarmandlar oilasida kamolga yetgan Muhayyo Sattorova «MM PORCELAIN» MChJ shaklida oilaviy korxona faoliyatiga asos solib, mahalliy xomashyodan turfa koʼrinish va bezakli chinni mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼydi, yuzlab mahalla xotin-qizlari uchun yangi ish oʼrinlari yaratdi.Korxona tomonidan oʼtgan yil davomida Tojikiston, Qirgʼiziston, Qozogʼiston davlatlariga 791 ming АQSh dollari qiymatiga teng boʼlgan chinni buyumlari eksporti amalga oshirildi, xorijiy davlatlarda boʼlib oʼtgan nufuzli xalqaro koʼrgazmalarning faol ishtirokchisiga aylandi.Аyni kunda korxonada 300 ta doimiy ish oʼrni yaratilgan. Shuningdek, 300 ta xonadonda mehnat qilayotgan 700 nafardan ortiq kasanachiga chinni buyumlarga bezak berish uchun mahsulot yetkazib berilmoqda.Oila va xotin-qizlar davlat qoʼmitasi rahbari Zulayho Mahkamova chinni mahsulotlariga bezak berish sexidagi xotin-qizlar bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan foydlanish, xotin-qizlar faollari tomonidan mahallalarda ijtimoiy koʼmakka muxtoj ayollarni aniqlash, ularni kasbga, tadbirkorlikka yoʼnaltirish, ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi oʼrni va faolligini oshirish, muammolarini oʼz vaqtida aniqlashga eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi