Tumanimizda umumxalq xayriya hashari boshlandi

×

 2022-04-30 11:50:18    319

PDF yuklash
Chop etish


Erta tongdan tumanimiz boʼylab "Mahalla obodligi – yurt farovonligi" shiori ostida umumxalq xayriya hashari boshlandi. Unda barcha tumandoshlarimiz faol ishtirok etmoqda.Mazkur umumxalq xayriya hashari Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 apreldagi tegishli farmoyishi asosida tashkil etildi.Oʼzbekiston "Mahalla" xayriya jamoat fondi, Oʼzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash "Nuroniy" jamgʼarmasi, Mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash, Uy-joy kommunal xizmat koʼrsatish vazirliklari, Yoshlar ishlari agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, keng jamoatchilik ushbu savobli gʼoyaning tashabbuskoridir.Har yili bahor faslida, qutlugʼ bayramlar arafasida yaxshi niyatlar bilan hashar oʼtkazish xayrli anʼanaga aylangan. Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "Yashil makon" umummilliy loyihasi bu yilgi hasharga oʼzgacha ruh bagʼishladi, desak mubolagʼa boʼlmaydi. Mevali va manzarali daraxtlar koʼchatini, turfa gullar nihollarini oʼtqazish, chor-atrofni yanada tartibli, toza, ozoda holga keltirish ishlari shu kunlarda yanada avj olgan.Umumxalq xayriya hashari doirasida mahallalar, turar joy mavzelari, koʼp qavatli uylarning atrofini tozalash, obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ziyoratgohlar, tabarruk maskanlar, bolalar maydonchalarini tozalashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Hashar davomida ehtiyojmand, boquvchisini yoʼqotgan keksalarning holidan xabar olish, ularning xonadonlarini saranjom holatga keltirish ishlari ham koʼzda tutilgan.Qutlugʼ Ramazon ayyomi arafasida boshlangan umumxalq xayriya hashari xalqimiz mehr-oqibati, birdamligi, ahilligining yana bir amaliy ifodasidir.Kun davomida umumxalq xayriya hashariga oid reportajlar, lavha va xabarlarni kanalimiz orqali kuzatib boring.
Siz ham obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok eting!


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 175 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab