Rasmiy munosabat

×

 2022-09-20 15:35:04    270

PDF yuklash
Chop etish


Kun.uz saytida “Qoʼl uchida qilingan ish. Rishtonda boshlangan taʼmirlash chala tashlab ketildi nomli maqola eʼlon qilinib, unda Fargʼona viloyati Rishton tumani Zohidon qishlogʼiga 2021 yil yanvar oyidan boshlab 15 kmlik masofada “kanalizatsiya” tortish ishlari boshlangan. Qurilish tashkilotining masʼuliyatsizligi sabab asfalьt sathidan oqova suv tarmogʼining “kolodets”i yuqorida joylashtirib ketilishi ortidan koʼngilsiz voqealar sodir boʼlmoqda. Аvtomobil ballonlarining yorilish oddiy holga aylangan deb iddoa qilingan. Maʼlum boʼlishicha, tumanning Аvazboy, Zohidon, Аmirobod qishloqlariga kanalizatsiya tortish ishlari “Fargʼona meʼmor qurilish” MChJ tomonidan olib borilayotgan ekan. Qurilish tashkiloti bosh muhandisi Moʼminjon Mirzakarimov vaʼda qilishicha, tez fursat ichida haydovchilarga noqulaylik tugʼdirayotgan muammo bartaraf qilinadi. Аvtomobil balloni yorilgan haydovchilarga esa zarar toʼliq qoplab beriladi. “Rishton tumanining markaziy koʼchalariga oqova suv tarmogʼi tortish hamda tozalov inshootini qurish uchun tenderda qatnashib gʼolib boʼlganmiz. 2021 yilda 15 km tarmoq tortish uchun qurilish-montaj ishlari bajarildi. Hozirgi kunda tumanning Аmirobod qishlogʼida tozalov inshooti qurilishi Turkiya kompaniyasi bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Yil yakuniga qadar obʼekt toʼliq foydalanishga topshiriladi. Tarmoq tortish ishlarida ayrim koʼchalarda aniqlangan kamchiliklar, nuqsonlar bugungi kundan bartaraf qilinishi boshlandi.Mavjud boʼlgan barcha kamchiliklarni 10 kun ichida bartaraf qilishga vaʼda beramiz. Haydovchilarning yorilgan balloni uchun keltirilgan zararni toʼliq qoplab beramiz”, – deydi “Fargʼona meʼmor qurilish” MChJ bosh muhandisi Moʼminjon Mirzakarimov. Аyni damda qatnov yoʼlidan ancha balandda oʼrnatib ketilgan kolodetslarni pastga tushirish, yoʼlning choʼkib qolgan qismini qayta asfaltlash ishlari boshlab yuborildi.


<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab