RASMIY MUNOSABAT
2023-10-06 07:02:32 253
Kadastr agentligi Rishton tuman bo‘limi ushbu orqali shuni yozib maʼlum qiladi.
Rishton tumanidagi “Xurshidi xilol zamini” fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan 2023 yil 27 fevral kungi qishloq xo‘jalik boshqarmasi boshlig‘i nomiga yozgan 7-sonli murojaatida fermer xo‘jaligi ixtiyorida turgan To‘da MMTP dagi 98-konturidagi 0,17 gektar yer maydoniga fuqaro Eliboyev Suhrob tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi holati batafsil bildirib o‘tilganini bildirganligi sababli holat bo‘yicha murojaat joyiga borib o‘rganilganda fuqaro Eliboyev Suhrob tomonidan o‘zboshimchalik bilan fermer xo‘jaligiga tegishli qishloq xo`jaligi xaritasining № 98-konturidagi jami 0,17 gektar ekin maydonini egallab, atrofini shlakli blokdan o‘rab olganligi aniqlangan.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydoniga fuqaro Eliboyev Suxrob tomonidan taqdim etilgan xujjatlar o`rganib chiqilib, xujjatlar qishloq xo`jaligi xaritasining № 98-konturidagi yer maydoniga tegishli bo‘lmaganligi aniqlangan.
Shu sababli Rishton tumani To‘da MMPT xududida joylashgan “Xurshidi xilol zamini” fermer xo‘jaligi tomonidan Rishton tumanlararo sudiga daʼvo‘ arizasi kiritilganligini maʼlum qilamiz.
Юридик ва жисмоний шахслар томонидан веб сайт орқали бўлган мурожаатлар
Жами мурожаатлар: 38Ишонч телефони статистикаси