Туман ҳокимлигининг катта мажлислар залида Конституциявий қонун лойиҳаси муҳокамасига бағишланган давра суҳбати бўлиб ўтди
2022-06-30 10:21:36 334
Davra suhbatida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati B.Rahmonaliev va tuman hokimligi xodimlari ishtirok etishdi.
Unda Аsosiy qonunning ayrim jihatlarini bugungi zamonaviy dunyo talablaridan kelib chiqib hayotga moslashtirish, aslida oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish orqali konstitutsiya mukammallashtirilishi, takomillashtirilishi, shu tariqa uning asosiy mazmun mohiyati saqlab qolinishi haqida soʼz yuritildi.
Muhokamada soʼzga chiqqan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati B.Rahmonaliev birinchi oʼqishda qabul qilingan konstitutsiyaviy qonun loyihasi haqida atroflicha toʼxtalib oʼtdi. Xususan, konstitutsiyaviy qonun loyihasi bosh qomusimizning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq oʼzgartirishlar kiritishni nazarda tutayotganligi taʼkidlandi. Bundan tashqari, 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritilayotganligi haqida batafsil maʼlumot berib oʼtdi.Maʼruzachi oʼz soʼzini davom ettirib, oʼtgan davr mobaynida jamiyatimizning siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotida tub oʼzgarishlar boʼlganligi, bu esa Bosh qomusimizda "Yangi Oʼzbekiston - ijtimoiy davlat" tamoyillarini mustahkamlash, turli islohotlar jarayonida inson manfaatlari bosh mezon boʼlishini taʼminlash, xususiy mulk daxlsizligini, yerga egalik qilish huquqini, fuqarolik jamiyati institutlarining oʼrnini konstitutsiyaviy darajaga koʼtarish, davlat hokimiyati asoslarini takomillashtirish dolzarbligini koʼrsatib qoʼyganligini tushuntirib oʼtdi.
Юридик ва жисмоний шахслар томонидан веб сайт орқали бўлган мурожаатлар
Жами мурожаатлар: 38Ишонч телефони статистикаси