Aholini ro‘yxatga olishning asosiy vazifalari va prinsiplari nimadan iborat?
2021-12-20 10:39:44 605
“Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi 2020-уil 16-martdagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilingan. Aholini ro‘yxatga olishning asosiy vazifalari:
-aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar yashash shart-sharoitlarini yaxshilash, oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish maqsadida aholi tarkibidagi, mamlakatning demografik vaziyatdagi o‘zgarishlarni baholashga doir ma’lumotlar bazasini kengaytirish;
-shaharlarni va boshqa aholi punktlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning, mehnat resurslarini joylashtirish hamda ulardan foydalanishning uzoq, o‘rta va qisqa muddatli prognozlari hamda dasturlarini tayyorlash;
-aholini ro‘yxatga olishlar oralig‘idagi davrda aholi soni va tarkibining joriy hisobini, hisob-kitoblarini hamda prognozlarini amalga oshirish;
-ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishdan iboratdir.
Aholini ro‘yxatga olishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
- Davriylik - aholini ro‘yxatga olish o‘n yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror sanasi va muddati ko‘rsatilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi. Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, qoida tariqasida, ro‘yxatga olishni o‘tkazish mo‘ljallangan sanadan kamida uch yil oldin kiritiladi.
2.Umumiylik va bir paytdalik - aholini ro‘yxatga olishning yagona belgilangan sanasida shaxsga doir ma’lumotlarni barcha respondentlardan yig‘ish O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida bir paytning o‘zida amalga oshiriladi.
3. Ro‘yxatga olishning yakka tartibdaligi - shaxsga doir ma’lumotlar yig‘ilayotganda ro‘yxatga olish varag‘i har bir respondent uchun yakka tartibda to‘ldiriladi.
4. Shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi - aholini ro‘yxatga olishning shaxsga doir ma’lumotlari maxfiy bo‘lib, respondentning roziligisiz oshkor etilmaydi va tarqatilmaydi.
5. Aholini ro‘yxatga olishni boshqarishning markazlashtirilganligi – O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish aholini ro‘yxatga olishni yagona boshqaruv tizimini yaratish asosida markazlashtirilgan holda amalga oshiriladi.
O‘ktamjon Teshaboyev,
Rishton tumani statistika bo‘limi boshlig‘i.
Юридик ва жисмоний шахслар томонидан веб сайт орқали бўлган мурожаатлар
Жами мурожаатлар: 38Ишонч телефони статистикаси