Рlastik raqamini begonaga aytgan shaxs pullaridan ayrildi

×

 2021-06-16 11:21:10    508

PDF юклаш
Чоп этиш


Farg'ona viloyati Rishton tumanida plastik karta raqamini begonaga aytgan shaxs pullaridan ayrildi. Bu haqda IIV xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinishicha, 5 iyun kuni B.X. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2021 yilning 8 may kuni noma’lum shaxs bilan Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishib, Telegram profilidan “Hurmatli mijoz siz “Click” ilovasidan faol foydalanganligingiz uchun 500.000 so‘m pul mukofotini yutib oldingiz” deb, pullarni plastik raqami hisobiga o‘tkazib berishini aytgan.

Shundan so'ng, aldov yo‘li bilan plastik karta raqamini olib, plastik kartasi hisobida bo‘lgan 1.500.000 so‘m pul mablag‘larini boshqa plastik karta hisobiga o‘tkazish orqali qo‘lga kiritganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi v“” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.D. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 93 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

Матнда хотолик бўлса

Сичқонча билан белгилаб