RISHTONLIK USTOZLAR KASABA UYUSHMASI KUBOGI SOHIBI BO‘LDI

×

 2023-03-17 05:46:43    267

PDF yuklash
Chop etish


Kecha viloyatimizdagi “Samo” sport majmuasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Kasaba uyushmalari federasiyasi ijroiya qo‘mitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalarining viloyat bosqichi ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
Taqdirlash marosimida viloyat hokimining o‘rinbosari Fayzullo Qosimov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi raisi Erkinjon Nuraliyev, viloyat xalq ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov, viloyat yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i Nodirjon Hakimovlar ishtirok etdilar.
Qizg‘in va murosasiz kechgan musobaqa yakuniga ko‘ra stol tennisi bahsida erkaklar o‘rtasida 1-o‘rin Uchko‘prik tumani 56-maktab o‘qituvchisi Diyorbek Mirolimovga, ayollar o‘rtasida Farg‘ona shahar 21-maktab o‘qituvchisi Nilufar Sulaymonovaga omad kulib boqdi.
Shashka musobaqasida g‘oliblik erkaklar o‘rtasida 1-o‘rin Oltiariq tumani 42-maktab o‘qituvchisi Sherzod Turdiboyevga, ayollar o‘rtasida esa Farg‘ona tumani 58-maktab o‘qituvchisi Mahliyo Toshpo‘latovaga nasib etdi
Millionlar o‘yini bo‘lgan futbol musobaqasida Farg‘ona shahar jamoasi barcha raqiblarini yengib g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Aql gimnastikasi hisoblangan shaxmat musobaqasida erkaklar o‘rtasida  1-o‘rin Quva tuman 2-maktab o‘qituvchisi Umidjon Sotvoldiyevga, ayollar o‘rtasida baxsda shu tumanning 64-maktab o‘qituvchisi Gulxumor Abduraimovaga g‘oliblik nasib etdi.
Voleybol musobaqasida Rishton tumanidan tashrif buyurgan ayollar jamoasi finalda g‘alaba quchib, musobaqa g‘olibiga aylandi.
Kasaba uyushmasi kubogi esa eng yuqori ko‘rsatkichni qo‘lga kiritgan Rishton tumani ustozlariga nasib etdi. Shuningdek ularga 30 million so‘m pul mukofoti tantanali ravishda topshirildi.


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab