Fidoyilik va yuksak azmu shijoat namunasi

×

 2022-09-21 13:12:07    249

PDF yuklash
Chop etish


Qoʼli qadoq dehqon uchun erta bahorda ekin yeri tobiga yetganida baraka urugʼini qadab, kunni tunga ulab, dalasidan nari ketmay niholini parvarishlab, barakali hosil yetishtirishi bir tomonu, ayni hosili pishib-etilib, tayyor boʼlganida uni nest-nobud qilmay yigʼishtirib olish alohida saʼy-harakat va hamjihatlikni taqozo etadi. 
Shu yilki yogʼingarchilik, xullas, tabiat injiqliklariga qaramay mirishkor dehqonlarimiz boʼsh kelishmadi. Shu kecha-kunduzda paxtakor-mirishkorlar uchun ham navbatdagi sinov — “gʼalvirni suvdan koʼtaradigan” palla – “oq oltin” yigʼim-terimi davom etmoqda.
"Bugun barcha hududda hamjihatlik va katta kuch-gʼayrat bilan boshlangan yigʼim-terim mavsumida dala mehnatkashlariga yetarli shart-sharoit yaratish, ular xizmatini munosib ragʼbatlantirish, terim pullarini vaqtida berilishini taʼminlash, qolaversa, ularning kunlik issiq ovqati va boshqa zaruratlariga dala boshida eʼtibor koʼrsatish muhim ahamiyatga ega, yuqori mehnat unumdorligining kafolati boʼlib xizmat qiladi", – deydi tuman hokimi.


<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab