IQTIDORLI VА BILIMLI DOSTONBEK YOʼQLАNDI

×

 2022-08-04 14:22:47    303

PDF yuklash
Chop etish


Xabaringiz bor, Rishtonda tugʼilib oʼsgan, FarDUning ingliz tili fakultetini tamomlagan Dostonbek Siddiqov Vetnam davlatida tashkil etilgan “Yil oʼqituvchisi” tanlovida ishtirok etib, gʼolib sifatida bosh sovrinni qoʼlga kiritgan edi. 

 Bugun tuman hokimi S.Soliev boshchiligida barcha sektor rahbarlari tomonidan oʼzining bilimi va iqtidori bilan dunyoni lol qoldirib, yozgi taʼtilda ona yurtiga kelgan Dostonbekni, uning buvisi Hamidaxon aya Toʼxtasinova yoʼqlandi. 

Muloqot davrida Dostonbek Vetnam va Oʼzbekistonda yoshlarning bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, oʼrtadagi tafovutlar, ayniqsa yurtboshimiz tomonidan bilimli yoshlar hamisha qoʼllab-quvvatlanayotgani hech bir mamlakatda yoʼqligi haqida toʼlqinlanib gapirib berdi. 

 Oʼz oʼrnida tuman hokimi qahramonimizdek iqtidorli, bilimli, Rishton nomini dunyoga tanitadigan yoshlar safi yanada kengayishi uchun bundan keyin ham barcha imkoniyat va sharoitlar yaratib berilishini taʼkidladi. Hamida aya Toʼxtasinova yurtimizga tinchlik-omonlik, yurtboshimizga sogʼlik-omonik hamda bilimli yoshlar koʼpayishini tilab duo qildi.

Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati.


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab