MUROJААT IJOBIY HАL ETILDI

×

 2022-06-23 11:57:00    281

PDF yuklash
Chop etish


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Rishton tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri S.Dodoboev, Rishton tumani hokimi oʼrinbosari N.Oripov, tuman «Xalqparvar» komissiyasi raisi, Xalq deputatlari tuman kengashi deputati B.Ermatovlar Dasht Tegirmon MFY raisi А.Moʼminov ishtirokida Dasht Tegirmon MFY Mustaqillik koʼchasida yashovchi fuqarolar Qozoqboeva Sohiba va Omonova Raʼnolarning 17 may kuni tuman Xalq qabulxonasiga va tumandagi «Xalqparvar» komissiyasiga qilgan murojaati boʼyicha muallifning yashash xonadoniga borgan xolda 22.06.2022 kuni oʼrganish oʼtkazildi.Oʼrganish davomida fuqaro R.Omonovaning 2008 yilda tugʼilgan farzandi Joʼraev Diyorbek Normamat oʼgʼli bolalikdan nogiron ekanligi suyak yemirilish kasalligi bilan ogʼrishi farzandini 2 marotaba operatsiya qilinganligi asosiy operatsiya uchun mablagʼ soʼraganligi aniqlandi. Muallifning turmush oʼrtogʼi bugungi kunda ishlamayotganligini, oilaviy sharoitini hisobga olib tuman «Xalqparvar» komissiyasi tomonidan mablagʼ ajratilishi masalasida navbatdagi Xalq deputatlari tuman kengashiga muhokamaga qoʼyilishi belgilab olindi.Shuningdek, fuqaro S.Yusupovaning turmush oʼrtogʼi vafot etganligi, 2 nafar farzandi borligi, shundan bir nafari voyaga yetmaganligi, "Аyollar daftari"ga roʼyxatiga olinganligi hamda farzandini uylanishi uchun xonadonidagi boʼsh turgan joyga uy qurishga yordam soʼrab murojaat qilganligi aniqlandi. Fuqaroning uy qurishi uchun ishchi guruh tomonidan uyning poydevor qismini koʼtarish uchun ustalar ajratilishi (fuqaro poydevor koʼtarish uchun shagʼol va sement olib qoʼyganligi sababli) ga kelishib olindi. Keyinchalik poydevor qismi bitkazilgandan soʼng tuman hokimi oʼrinbosari tomonidan uyini bitkazish uchun xom gʼisht va ustalar bilan taʼminlanishi belgilanib, yuqoridagi murojaatlar ijobiy hal qilindi.


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab