Qoʼmita raisining xotin-qizlar faollari bilan uchrashuvi boʼlib oʼtdi

×

 2022-06-08 15:18:35    311

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Rishton tumani Madaniyat markazining majlislar zalida Rishton va Oltiariq tumanlaridagi mahalla fuqarolar yigʼinida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari bilan Oʼzbekiston Respubilikasi Bosh vaziri oʼrinbosari- Oila va xotin-qizlar qoʼmitasi raisi Mahkamova Zulayho, Oʼzbekiston Ichki ishlar vazirligi huquqbuzarliklarni oldini olish Bosh boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari polkovnik Аbdullaeva Umida va Fargʼona viloyati hokimi oʼrinbosari-Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʼi Komila Kavlanovalar ishtirokida istiqboldagi vazifa va topshiriqlar yuzasidan uchrashuv boʼlib oʼtdi.Uchrashuvda qoʼmita raisi Zulayho Baxriddinovna tomonidan hozirgi kunda xotin-qizlar faollari ish boshlaganlariga bir oy boʼlgani va shu bir oy ichida amalga oshrilgan ishlar tahlili yuzasidan soʼz yuritib, oldinda bajarilishi lozim boʼlgan masʼuliyatli vazifalar borligi hamda bugungi kunda oilaviy ajrimlar soni ortib borayotgani tanqid qilindi.Zulayho Bahriddinovna oʼz soʼzida davom etarkan, arzimas sabablar tufayli yosh oilalarning ajralishlarini oldini olish maqsadida barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishlari, bunda keng jamoatchilik va mahallalarda faoliyat olib borayotgan “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” komissiyalari faoliyatini jonlantirish shuningdek, xozirda tumanda tashkil etilgan “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash maskani” va barcha zarur choralarni koʼrish yuzasidan soʼz yuritdi.Shundan soʼng, Аbdullaeva Umida tomonidan bugungi kunda xotin-qizlar masalasida ichki ishlar boʼlimlarida xodimlar faoliyat olib borayotgani, shu sababli ayollar tomonidan sodir etilishi mumkin boʼlgan jinoyatlarni oldini olish yuzasidan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yuzasidan soʼz yuritdi.Tadbirda soʼz olgan Komila Аnvarovna mutasaddilar tomonidan bildirilgan taklif va topshiriqlar ijrosi soʼzsiz bajarilishi va kelgusida Fargʼona tajribasi asosida barcha yoʼnalishlarda ulkan natijalarga erishishlarini bildirdi.


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab