TUMАN TIBBIYОT BIRLАSНMАSI BILDIRISНI

 2022-05-07 13:59:09    328

PDF yuklash
Chop etish


Fargʼona viloyati Rishton tuman tibbiyot birlashmasi maʼmuriyati ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan «Tumandagi Qayragʼoch MFY da bir guruh fuqarolar va shifokorlar qishloqdagi QVP qurilishidan norozi» nomli maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi. Qayragʼoch MFY hududida joylashgan OShP binosi zamon talablariga javob bermaganligi sababli «KAIZEN ART» MChJ tomonidan 1 mlrd. 700 mln. soʼmlik qurilish va rekonstruktsiya ishlari rejalashtirilib, amalga oshirilgan. Loyihaga OShP binosini elektr tarmoqlari tizimi kiritilmaganligi sababli bino foydalanishga tuman tibbiyot birlashmasi boshligʼi tomonidan qabul qilinmagan. Bu masala yuzasidan tuman xokimligi va tuman elektr tarmoqlari rahbariyati xabardor. Tuman hokimligi tomonidan OShPgacha boʼlgan masofaga elektr tarmogʼi tortish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda OShP xodimlariga yetarli shart-sharoit yaratish hamda ular tomonidan aholiga koʼrsatilayotgan tibbiy xizmat sifat va samaradorligini oshirish maqsadida tibbiyot xodimlarini yangi binoga majbur boʼlgan holda koʼchirish rejalashtirilgan. Koʼchish boʼyicha Qayragʼoch OShP mudiri yoki xodimlariga hech qanday bosim boʼlmagan, tibbiyot birlashmasi rahbariyatiga binoni yaroqsiz holatda qabul qilish boʼyicha hech qanday manfaatdorlik yoʼqligini hamda binoni loyixa-smetasini tayyorlashda, quruvchi ushbu binoni qabul qilishda oʼtkazilgan tenderda va qurilish ketayotgan vaqtda aralashish vakolati yoʼqligini maʼlum qilamiz.

Rishton tuman tibbiyot birlashmasi maʼmuriyati


<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab