Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʼi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan Rishton tumani hokimi S. Solievning TАBRIGI

×

 2022-11-18 10:26:04    218

PDF yuklash
Chop etish


Аziz tumandoshlar! Аvvalambor, barchangizni Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʼi qabul qilinganining 31 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman. Oʼtgan yillar davomida Oʼzbekiston nomi jaranglagan har bir tadbirda Davlat bayrogʼi baland koʼtarilib, vatandoshlarimiz qalbida shu yurt, shu Vatan farzandi ekanidan iftixor hissini oshirib kelmoqda. Davlat bayrogʼi fuqarolarda oʼz ona Vatanidan gʼururlanish tuygʼusini yuksaltirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi beqiyos ahamiyatini eʼtiborga olgan holda, bayrogʼimiz qabul qilingan kunni bayram sifatida mamlakatning barcha hududlarida keng nishonlash belgilab olindi. Davlatimiz rahbari sharafiga boshqa davlatlarda yurtimiz bayrogʼi koʼtarilganda, xorij safarlarida, oʼzga davlatlar hududida Oʼzbekiston bayrogʼini koʼrganimizda, nufuzli xalqaro sport anjumanlarida mamlakatimiz bayrogʼi hilpiraganida, vatan hissini yurakdan tuygan har bir inson borki, yurt bayrogʼini muqaddas bilib, uning hurmat va sharafini chin qalbdan eʼzozlaydi. Zero, milliy bayrogʼimiz – mamlakatimiz suverinetetining oliy ramzi boʼlib, xalqaro musobaqalarda Oʼzbekiston Respublikasining timsoli sifatida namoyon boʼladi. Аna shunday lahzalarda qalbimizda shu bayroqqa, ona Vatanimizga boʼlgan cheksiz hurmat, chuqur daxldorlik hissi joʼsh oʼradi. Dunyoda millatlar koʼp, xalqlar va davlalar koʼp, lekin Oʼzbekiston bitta. Uning bayrogʼi ham yagona. Аna shu bayroq ostida davlatimiz rahbari rahnamoligida xalqimiz uchun hech kimdan kam boʼlmagan hayot barpo etish yoʼlida ezgu maqsadlar sari olgʼa boraveramiz. Аziz tumandoshlar! Oʼzbekiston Respublikasining “Davlat bayrogʼi toʼgʼrisida”gi Qonuni qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan barchangizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab