Paxta mavsumi qizgʼin bormoqda

×

 2022-09-19 15:18:45    262

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimiz dalalarida bobodehqonlarimizning erta bahordan qilingan samarali mehnatlari tufayli moʼl hosil yaratilganligini koʼrib koʼnglingiz yayraydi. Bugun dalalar oppoq libosga burkanganday.
Bugungi kunda terimchilarga qulay sharoitlar yaratish, kunlik terim surʼatini oshirib borish, paxta tashish uchun traktor va pritseplar, tarozi doim taxt holat boʼlishini taʼminlash va eng muhimi mehnatga oʼz vaqtida haq toʼlash, ilgʼor terimchilarni muntazam ragʼbatlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Maqsad bitta qishloq xoʼjalik xodimlarining zalvorli mehnati evaziga yetishtirilgan paxtani ayni kunlarda jadallik bilan terib olish, "Oq oltin" xirmonini barpo etish, xalqimiz turmushining farovonligiga erishishdir.
Bugun tuman kengashi deputati M. Mamajonov, "Toshogʼolik" MFY raisi А. Аzizov, xotin-kizlar faoli G. Ortiqova va mahalla faollari Z. Ubaydullaeva, N. Badalboevlar "Qosh Salimbek" fermer xoʼjaligidagi paxtakorlardan xabar olishib, paxta yigʼim terimida faol katnashayotgan va ilgʼor terimchilarga minnatdorchilik tariqasida sovgʼalar berishdi.

Rishton tumani hokimligi axborot xizmati


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab