Rishton tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalarining sektor bosqichlari oʼtkazildi

×

 2022-05-07 06:21:54    407

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 6 may kuni Yoshlar ishlari agentligi tuman boʼlimi va tuman Sportni rivojlantirish boʼlimi bilan hamkorlikda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning voleybol turi boʼyicha musobaqaning sektor bosqchilari oʼtkazildi. Musobaqani oʼtkazishdan asosiy maqsadi – mahalla yoshlarida jismoniy tarbiya va sportga boʼlgan qiziqishni oshirish, jamiyatda sogʼlom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, yosh iqtidorli sportchilarni tanlab olish, ularda professional mahorat va koʼnikmalarni rivojlantirish, ularda jismoniy tarbiya va sport mashgʼulotlariga doimiy ravishda jalb etish, boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ular oʼrtasida sport musobaqalarini oʼtkazish orqali oʼzaro doʼstona aloqalarni mustahkamlashga sharoit yaratish, sportning ommaviylashgan olimpiya hamda milliy sport turlarini rivojlantirishdan iborat. Musobaqalar 1 sektor hududidagi 58-umumiy oʼrta taʼlim maktabida, 2 sektor hududidagi 18-umumiy oʼrta taʼlim maktabida, 3 sektor hududidagi BOʼSMda, 4 sektor xududidagi 1-IDUM sport zallarida toʼrt yosh toifasida 11-15 yosh, 16-21 yosh, 22-26 yosh, 27-30 yosh toifasida oʼtkazildi. Musobaqada faol ishtirok etib faxrli birinchi oʼrinni egallagan jamoalar musobaqaning tuman bosqichida ishtirok etishlari uchun yoʼllanma berildi.


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab