Biznesni rejalashtirish va boshqarish, tadbirkorlikni rivojlantirishni moliya-kredit bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash masalalariga doir axborotlar taqdim etish

Tanlangan xizmatga qo'shish

Xizmat haqida:

Biznesni rejalashtirish va boshqarish, tadbirkorlikni rivojlantirishni moliya-kredit bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash masalalariga doir axborotlar

Xizmatning sohaga tegishliligi:

Bank va moliya xizmatlari

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi:

Xususiy tadbirkor

Tashkilot:

Farg'ona viloyati hokimligi

Bog`lanish:

Farg`ona viloyati hokimligi (0-373) 244-07-40


Ma’lumki, iqtisodiyotning real sektori soxasidagi korxonalarni va investitsion faollikni kredit yo‘li bilan qo‘llab quvvatlashni ta’minlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Bunda asosiy e’tibor kichik biznes sub'yektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga, ayniqsa yangi ishchi o‘rinlarini tashkil etish bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirishni yanada kengaytirishga qaratildi.

Kichik biznes sub’ektlariga mikrokreditlar ajratish borasida ham zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida barcha moliyalash manbalari hisobidan mazkur sohaga mikrokreditlar ajratilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish ta’minlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 maydagi «O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» PF–3434-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tijorat bank filiallari tomonidan tadbirkor ayollarga kreditlar ajratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martdagi «Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarni ko‘paytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-308-sonli qaroriga asosan tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobiga imtiyozli kreditlar ajratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi «Oziq ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» PQ-1047-sonli qarorini viloyatda bajarilishini ta’minlash maqsadida xisobot davrida viloyat banklari tomonidan kredit mablag‘lari ajratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mamlakatimizda nooziq-ovqat iste'mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2009 yil 28 yanvardagi PQ-1050-sonli qaroriga asosan xisobot davrida viloyat banklari tomonidan kredit mablag‘lari ajratilgan. Tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar hisobiga yangi ishchi o‘rinlari yaratilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 11 martdagi «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga kredit berishni ko‘paytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-1501-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va moliya vazirligining tijorat banklarining imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasi resurslari hisobidan kredit berishdan olinadigan tijorat banklarining daromadlari bo‘shaydigan mablag‘larni mazkur jamg‘armaning resurs bazasini oshirishga maqsadli yo‘naltirish sharti bilan yuridik shaxslar foydasidan to‘lanadigan soliqdan 2011 yil 1 apreldan boshlab 2016 yilning 1 yanvarigacha ozod etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 25 avgustdagi “Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1604-son qaroriga asosan 2011 yilning 1-sentyabridan ruxsat berish tartibotlaridan 50 tasi qisqartirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi "O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar" to‘g‘risidagi PF-4609-sonli farmoni bajarish maksadida tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kredit olish, xo‘jalik nizolarini ko‘rib chiqish, biznesni tugatish jarayonlari sezilarli darajada soddalashtirildi va arzonlashtirildi. mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, yer uchastkalarini ajratish, qurilishga ruxsatnomalar berish, elektr tarmoqlariga ulanishda «bir darcha» tamoyillarini ommaviy joriy etish bo‘yicha ishlar jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-4725-sonli farmoniga asosan 2015-1019 yillarda kichik biznes sub’ektlari va xususiy tadbirkorlarga beriladigan kreditlar 2,5 barobarga kengaydi.


Yuklab olish uchun manba:


Xizmat narxi va to`lash tartibi:

Ko'rib chiqilmoqda

Xizmatni ko`rsatish muddati:

Ko'rib chiqilmoqda

Natijani olish usullari:

Shaxsan tashrif buyurish orqali. Bir vaqtning o'zida taqdim etiladigan hujjatlarning nusxalari foydalanuvchining Yagona portaldagi kabinetiga va uning elektron pochtasiga yuboriladi.

Xizmat natijasi:

Biznesni rejalashtirish va boshqarish, tadbirkorlikni rivojlantirishni moliya-kredit bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash masalalariga doir axborotlar taqdim etiladi

Rad etish sabablari:

  • Xizmatning reglamenti bilan belgilangan hujjatlarni taqdim etmaslik;
  • Haqiqiy bo'lmagan hujjatlarni taqdim etish;
  • Arizada haqoratomuz, tahqirlovchi so'z va iboralarni ishlatish, reklama matnlarining mavjudligi;
  • Qonunga zid bo'lgan istalgan boshqa hatti-harakatlar.

Shikoyat arizasi berish tartibi:

Ko'zda tutilmagan