Welcome to Rishton tuman hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Rishton tuman hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
replica panerai Replica Breitling watches
web

Без имени 1

ferghana1

flag gerb kons madhiya

 

Ishonch telefoni

0 373 452 15 51

0 373 452 41 83

Ish vaqti 09:00-18:00

Seshanba, 19 Sentyabr 2017 03:03

DUNYOGA HAYRAT ULASHISH UCHUN

Maqolani baholang
(0 ovoz)

Rishtonda yangi uy muzeyi ochildi.

Rishton tumani Beshkapa qishlog’ida joylashgan Tohirjon Haydarov uy- muzeyi va mazkur binoda O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi viloyat bo’limi tomonidan tashkil etilgan yangi kutubxonaning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Keng va kattagina uy devorlari, hovli sahnini o’zbekning daho shoirlari Alisher Navoiy va Bobur Mirzolarning asarlariga juda nozik chizgilar bilan ishlangan miniatyuralar, murakkab va nafis naqshlar, o’ziga xos uslub bilan yaratilib, moviy va zumrad rang berib bezatilgan, devorga alohida tartib va did bilan joylashtirilgan, tabiat tasvirlari tushirilgan turli hajmdagi rangin va serjilo tovoqlar, ko’zalar, milliy ruhda ishlangan o’yinchoqlar kompozitsiyasi egallab turibdi.

Igna bilan ishlangan bu suratlarning boshqalaridan afzallik tomonlari shuki, oddiy bo’yoqlar vaqt o’tishi bilan o’chishi, o’z aslini yo’qotishi mumkin. Bu usulda ishlangan rasmlarning esa umri uzoq  bo’ladi. Albatta, bunday ish jarayoni osonlik bilan kechmaydi.

Bitta asar yaratish uchun anchagina vaqt sarflashga to’g’ri keladi, – deydi Tohirjon Haydarov. – Birgina Boburning suratini ishlashga  bir yilcha vaqt sarflaganman. Naqshini tanlashga ham ko’p vaqt ketgan edi. Chunki Amir Temur suratiga ishlangan naqsh Bobur suratiga uyg’un bo’lolmaydi. Har bir suratning o’z tabiati, xarakteri bor. Har bir suratni alohida mas’uliyat va katta tayyorgarlik bilan boshlash talab qilinadi.

Tohirjon  yuzlab taniqli kishilarning sharjlarini ham  ishlagan. “Sharj”  deganda tovoqqa kishilarning o’rtoqlik hazillari bilan ishlangan suratlari tushuniladi. Avvallari bunday suratlarni “Mushtum” jurnalida ko’p ko’rganmiz. Hozir esa aynan shunday suratlar ustaning sa’y-harakatlari bilan  o’chmas bo’lib tovoqlarga ham ko’chgan.  Sharjning murakkab va nozik tomoni ham shundaki, unda, avvalo, qahramonning ichki olamini bilishga to’g’ri keladi. Chunki rasmdagi kishining qiyofasidan uning xarakteri aks etib turishi kerak. Kulol musavvir ishlagan sharjlar orasida Ozod Sharofiddinov, Ne’mat Aminov, Erkin Vohidov, Ergash Karimov, Tursunali Polvon, Abdulla Oripov, Hojiboy Tojiboev, Muhammad Yusuf va  yana bir qator taniqli aktyorlarning ham qiyofalari aks etgan.

Endilikda hunarmand musavvir yaratgan asarlar xorijlik san’at ixlosmandlari va sayyohlarning ham diqqatini tortib, ularga hayrat ulushmoqda. Hozirda Yaponiya, Germaniya kabi ko’plab rivojlangan mamlakatlar musavvir kulolni o’z yurtlarida ko’rgazma tashkil etish uchun taklif qilmoqdalar.

Hozirda ustaning 30 ga yaqin  shogirdlari bor. O’g’illari ham yoniga kirib qolishgan. Ayniqsa, kichik o’g’li Temurbek hozirda sopol tovoqlarni qolipda emas, qo’lda yasash sirlarini o’rganyapti.

Rishton tuman hokimligi tomonidan ijodxona va yangi muzey  qurish uchun markazga yaqin yo’l bo’yidan 10 sotix er maydonining ajratib berilishi usta kulol musavvirning ijod mahsulini tomosha qilmoqchi bo’lgan muxlislar va sayyohlarga qulaylik tug’dirdi. U o’sha ijodxona qurilishini jadallashtirib  mustaqilligimizning 26 yillik to’yiga to’yona qildi.

Qo’qon – Farg’ona katta magistral yo’li yoqasida bo’y rostlagan bu muzey va ijodxonaga joylashtirilgan 1000 ga yaqin eksponatlar: turli rang va  hajmdagi  ko’za, lagan, tovoq va 100 dan ortiq sharjlar, tarixiy shaxslar hamda obidalar aksi tushirilgan asarlar, milliy ruh ufurib turgan o’yinchoqlar hali ko’pchilikda, shuningdek, dunyo nigohida ham hayrat uyg’otadi, degan umiddamiz. Darhaqiqat, oddiy loydan yasalgan mo’’jizaviy asarlar hozirda xorij san’atshunoslarining ham diqqatini tortmoqda.

Shu kuni bu go’shada qishloq ahli uchun yangi, 500 dan ziyod kitob zahirasiga ega bo’lgan kutubxonaning ochilishi ham hammani birdek quvontirdi. Shu kuni kutubxonaga mehmonlar tomonidan o’zbek mumtoz va hozirgi adabiyot namunalariga oid yana bir qancha kitoblar tuhfa qilindi. Mehmonlar tomonidan  Mustaqilligimizning 26 yillik bayramiga munosib to’yona bo’lib ochilgan mazkur muzeyning kelajakda nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xorijiy sayyohlar uchun ham ma’naviyat maskaniga aylanishi to’g’risida iliq fikrlar aytildi.

Oydin TEMIROVA.

Maqola 92 marta o'qilgan
YUKLAB OLISH

Эркин фикр

хал билан муло от

Virtual qabulxona
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
PREZIDENTINING
VIRTUAL QABULXONASI
FARG'ONA VILOYATI BO'LIMI

Murojat uchun telefon

244 05 82
244 05 83


Ish vaqti dushanba-juma
soat 09:00 dan 18:00 gacha
tushlik 13:00-14:00

Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ
Welcome to Rishton tuman hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Rishton tuman hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ