Alternative flash content

Requirements

OMMAVIY TADBIRLAR, MAJLISLAR, YIG'ILISHLAR, UCHRASHUVLAR, MATBUOT KONFERENTSIYALARI, SEMINARLAR VA BRIFINGLAR, DAVRA SUHBATLARI, RASMIY TASHRIFLAR, TO'G'RISIDAGI MA'LUMOTLAR, KUNDALIK FAOLIYAT TO'G'RISIDAGI BOSHQA AXBOROTLAR

XALQ DEPUTATLARI RISHTON TUMAN KENGASHINING SESSIYASI

Tuman hokimligining majlislar zalida xalq deputatlari shahar Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyani tuman hokimi G‘ayratjon Mamadaliev ochdi va olib bordi.
Unda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, korxona va tashkilotlar, siyosiy partiyalar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga muvofiq 2014 yilning dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga umumxalq saylovlari bo‘lib o‘tadi.

Davomi...

SAYLOVLARGA TAYYORGARLIK – MUHIM MASALA

SAYLOVLARGA TAYYORGARLIK – MUHIM MASALA 

Farg‘ona shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat, shahar, tuman saylov komissiyalari raislari, shahar, tuman hokimliklarining tashkiliy-nazorat guruhi rahbarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari hamda tegishli davlat va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarida viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan amalga oshrilishi lozim bo‘lgan vazifalarga to‘xtalib o‘tildi.

Davomi...

O‘ZBEKISTON – UNDA ISTIQOMAT QILAYOTGAN BARCHA UCHUN MUKARRAM

O‘ZBEKISTON – UNDA ISTIQOMAT QILAYOTGAN BARCHA UCHUN MUKARRAM
Bugungi kunda er yuzida aholisining soni bir necha yuzdan tortib bir necha yuz million kishini tashkil etadigan 1600 dan ortiq millat va elat istiqomat qilmoqda.
“Dunyoning haqiqiy boyligi, qadriyatlarni o‘zaro ayirboshlash, bir-birini boyitish imkoniyati ana shu xilma-xillikdadir. Ammo hozirgi zamonning hal qilinishi mushkul bo‘lgan muammolaridan biri ham unga borib taqaladi, – deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida. – Dunyoda yashayotgan etnoslarning ko‘pchiligi o‘z milliy davlatchiligiga ega emas. Dunyo siyosiy xaritasida atigi ikki yuzga yaqin davlat borligi ham buning dalilidir”.
Millat va elatlar miqdorining davlat tuzilmalari sonidan bir necha barobar ko‘pligi aksariyat mamlakatlarning ko‘p millatligidan dalolat beradi. Aholisining soni 30 milliondan ziyod bo‘lgan mustaqil O‘zbekiston Respublikasi ham jahondagi ko‘p millatli mamlakatlar sirasiga kiradi. Dunyodagi eng ko‘p qadimi sivilizatsiyalardan biri mana shu mintaqada paydo bo‘lgan. Jahon madaniyatini rivojlantirishda yorqin iz qoldirgan, qadimiy Turon, Movarounnahr, Turkiston hududida ulug‘vor me’moriy obidalarga, boy tarixga ega bo‘lgan Buxoro, Samarqand, Xiva, Qo‘qon, Marg‘ilon kabi durdona shaharlar aynan mana shu zaminda bunyod etilgan.

Davomi...

ENG ULUG‘, ENG AZIZ BAYRAM SHODIYONASI

Farg‘ona shahridagi YOshlar madaniyat va sport markazida mustaqilligimizning 23 yilligiga bag‘ishlangan 
“Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go‘zal O‘zbekistonim!” 
shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Faxr va ishonch bilan aytish mumkinki, mustaqillikning o‘tgan yigirma uch yili mamlakatimiz uchun nihoyatda qutlug‘ keldi. Biz har jabhada asrlarga tatigulik yutuqlarni qo‘lga kiritdik, jahonga yuz tutdik. Bunday ijobiy o‘zgarishlar yurtdoshlarimiz qalbida milliy ong, milliy g‘urur tushunchalarini shakllantirishda, yangi avlod vakillarining el-yurtga muhabbat, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda qo‘l kelmoqda. O‘zbekiston istiqbolini belgilashda, huquqiy demokratik, fuqarolik jamiyati qurishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Davomi...

Yuklanmoqda

Ma'lumotlar yuklanmoqda...

Davlat ramzlari

 

icon flagicon gerbicon madhiyaicon kons9

Sog'lom bola yili

 

uzmt

Murojaatlar yagona portali


banner 240 400 uz 1

GOVUZ1

MATBUOT1

omajlis1

PALATA1