Welcome to Rishton tuman hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Rishton tuman hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
replica panerai Replica Breitling watches
web

Без имени 1

ferghana1

flag gerb kons madhiya

 

Ishonch telefoni

0 373 452 15 51

0 373 452 41 83

Ish vaqti 09:00-18:00

Payshanba, 18 Iyun 2015 12:58

Vazirlar Mahkamasi 289-son qarori

Maqolani baholang
(1 Ovoz berish)

DAVLAT VA XO'JALIK BOSHQARUVI, MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI XODIMLARINING MALAKASI VA KO'NIKMALARINI OSHIRISHGA DOIR QO'SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR HAMDA ULARNI ISHDA KOMPYUTER TEXNIKASI VA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH YUZASIDAN ATTESTATSIYADAN O'TKAZISH TARTIBI TO'G'RISIDA

(O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2011 y., 43-44-son, 465-modda)

Davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish, xodimlar malakasi va ko'nikmalarini kompyuter savodxonligining minimal darajasi bo'yicha talablarga muvofiqligi yuzasidan baholashning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. 2012 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar:

Davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining ishda kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha malakasini oshirishga qo'yiladigan davlat talablari 1-ilovagamuvofiq;

Davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarini kompyuter savodxonligining minimal darajasi bo'yicha talablarga muvofiqligi yuzasidan attestatsiyadan o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

Davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining kompyuter savodxonligining minimal darajasi bo'yicha talablarga muvofiqligi yuzasidan attestatsiyadan o'tkaziladigan xodimlarining lavozimlari ro'yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat test markazi 2012 yil 1 yanvargacha bo'lgan muddatda davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining kompyuter savodxonligining minimal darajasi bo'yicha talablarga muvofiqligi yuzasidan baholash tizimining joriy etilishi va kelgusida ishlashini ta'minlaydigan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsinlar.

3. kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash (Aripov), davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari 2015 yil 1 yanvargacha ushbu qaror bilan tasdiqlangan Lavozimlar ro'yxatida lavozimlari nazarda tutilgan xodimlarni attestatsiyadan o'tkazilayotgan xodimda kompyuter savodxonligining minimal darajasi mavjudligini tasdiqlaydigan tegishli sertifikat olish uchun attestatsiyadan o'tkazish chora-tadbirlarini ko'rsinlar.

4. Davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari zimmasiga ishda kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha xodimlar malakasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni ta'minlash va yaratish yuzasidan shaxsiy mas'uliyat yuklansin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOEV

Toshkent sh.,

2011 yil 27 oktyabrь,

289-son

Maqola 1531 marta o'qilgan
YUKLAB OLISH

Эркин фикр

хал билан муло от

Virtual qabulxona
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
PREZIDENTINING
VIRTUAL QABULXONASI
FARG'ONA VILOYATI BO'LIMI

Murojat uchun telefon

244 05 82
244 05 83


Ish vaqti dushanba-juma
soat 09:00 dan 18:00 gacha
tushlik 13:00-14:00

Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ
Welcome to Rishton tuman hokimligi rasmiy web sayti   Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! Welcome to Rishton tuman hokimligi rasmiy web sayti Powered By GSpeech
Belgilangan matnni o`qish uchun quyidagi tugmani bosing! FERGHANA.UZ